BAA prezidenti Ramazon oyi arafasida 700 dan ortiq mahbusni afv etdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon joriy yil 10-martda boshlanadigan musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi arafasida 700 dan ortiq mahbusni afv etdi.
Bu haqda Amirliklarning WAM agentligi xabar berdi.
Prezident mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalaridan 735 nafar mahkumni ozod qilishni buyurdi. Agentlik shuningdek, davlat rahbari afv etilganlarning davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to‘lashga va’da berganini ta’kidlaydi.
Musulmonlar qamariy taqvimiga ko‘ra, 2024-yilda Ramazon oyi 10 mart kuni quyosh botishi bilan boshlanadi va 9 aprelgacha davom etadi.
Manba: www.aniq.uz