softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston TIV rahbari Fumio Kisida qabulida bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

O‘zbekiston TIV rahbari Fumio Kisida qabulida bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Dastlab Kisida vazir Saidovni Yaponiyaga amalga oshirgan ilk tashrifi bilan qutladi va yanvar oyida Noto yarim orolida yuz bergan zilzila munosabati bilan O‘zbekistondan kelgan hamdardlik maktubi uchun minnatdorlik bildirdi.

Muloqot davomida muhim strategik sheriklar – O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi, jumladan joriy yil bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” sammiti munosabati bilan mavjud muhim masalalarni kelishib oldilar.

– Yaponiya hukumati boshlig‘i Fumio Kisida janobi oliylari bilan suhbatimiz siyosiy muloqotdan tortib, madaniy almashinuvgacha bo‘lgan keng ko‘lamli ikki tomonlama mavzularni qamrab oldi, – dedi Baxtiyor Saidov. – Tashqi ishlar vazirliklari bundan keyin ham strategik sherikligimizni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishiga aminmiz.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi yetakchisi Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vise-prezidenti, mamlakat parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan ham uchrashdi.

Suhbat chog‘ida xalq diplomatiyasi ikki mamlakatni yanada yaqinlashtirishi qayd etildi. Yakunda vazirimiz janob Aso va uning jamoasiga O‘zbekiston – Yaponiya aloqalarini rivojlantirishda ko‘rsatayotgan doimiy ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.


Manba: www.aniq.uz