softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Iroq qarshilik kuchlari dronlari Isroil aeroportini bombardimon qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Iroq qarshilik kuchlari dronlari Isroil aeroportini bombardimon qildi

Batafsil o'qish:

Iroqdagi “Islomiy qarshilik harakati” guruhi Isroil shimolidagi aeroportga harbiy dronlar hujumini uyushtirdi. Hujum oqibatida aeroport jiddiy shikastlangan. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

Iroqdagi guruhlar 5 mart kuni G‘azodagi Falastin xalqi bilan birdamligini bildirish uchun Livan bilan chegaradagi Kiryat Shmona aeroportini nishon olgan. Guruh bu hujum G‘azoda ayollar va bolalar qirg‘in qilishiga javoban amalga oshirilganini bildirgan.

Iroqdagi qarshilik guruhlari so‘nggi bir necha oyda Isroil hududiga ko‘plab havo hujumlari uyushtirgan. So‘nggi hujum Isroilning Hayfa kimyoviy ishlab chiqarish birlashmasi hududida sodir etilgan edi. Guruhlar rahbariyati hujumlar ssenariysi davom etishini ham qo‘shimcha qilgan.

Xabarda aytilishicha, qarshilik guruhi Vashingtonning Isroil harbiy kampaniyasini asossiz qo‘llab-quvvatlaganidan norozi holda Suriya va Iroqdagi AQSh yirik harbiy bazalariga ham zarbalar berganini da’vo qilgan.




Manba: www.aniq.uz