softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

BMT: 2023 yil muhojirlar o‘limi bo‘yicha eng yomon yil bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

BMT: 2023 yil muhojirlar o‘limi bo‘yicha eng yomon yil bo‘ldi

Batafsil o'qish:

2023 yilda ma’lumotlar yig‘ish boshlangan 2014 yildan buyon dunyo bo‘ylab migrasiya yo‘llarida eng ko‘p odam halok bo‘ldi. BMT Xalqaro migrasiya tashkilotining (XMT) «Yo‘qolgan migrantlar» loyihasi jami 8565 kishi halok bo‘lganini qayd etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga ko‘pdir, deb xabar berdi XMT 6 mart, chorshanba kuni. Avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 2016 yilda qayd etilgan (8 084 o‘lim).

Shu bilan birga, migrantlar o‘limining yarmiga yaqini suvda cho‘kish sabab bo‘lgan, to‘qqiz foizi avtohalokatlar va yetti foizi zo‘ravonlik oqibatida yuz bergan.

O‘rta Yer dengizi - eng xavfli migrasiya yo‘li

10 yil avval «Yo‘qolgan migrantlar» loyihasi boshlanganidan beri jami 63 700 dan ortiq odam halok bo‘ldi, ularning deyarli yarmi O‘rta Yer dengizida hayotdan ko‘z yumgan. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Yer dengizi eng xavfli migrasiya yo‘li bo‘lib qolmoqda, o‘tgan yili u yerda kamida 3129 kishi halok bo‘lgan, 2024 yilning ikki oyida esa 254 nafar muhojir vafot etgan.

XMTning ta’kidlashicha, statistik ma’lumotlarga faqat tasdiqlangan o‘limlar kiritilganligi sababli, haqiqiy raqamlar sezilarli darajada yuqori bo‘lishi mumkin. Agar, masalan, muhojirlarni noqonuniy tashish bilan shug‘ullanadigan kema tunda qirg‘oqdan chiqib ketsa va keyinchalik hech qayerda ko‘rinmasa, odamlarning o‘limi hujjatlashtirilmay qoladi.

Kolumbiya va Panama o‘rtasidagi ko‘plab janubiy amerikalik muhojirlar yuradigan xavfli o‘rmon koridorida ham o‘limni aniqlash bir xil darajada qiyin.
Manba: www.aniq.uz