Germaniya Mudofaa vaziri Ukrainaga qo‘shin jo‘natish borasidagi bahslarni to‘xtatishga chaqirdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Germaniya Mudofaa vaziri Ukrainaga qo‘shin jo‘natish borasidagi bahslarni to‘xtatishga chaqirdi.
"Ukrainaga haqiqatan ham hech kim qo‘shin jo‘natmoqchi emas, hozir bu haqda muhokamalar ketmoqda, biz buni hozirgi bosqichda to‘xtatishimiz kerak", — deya bunga izoh berdi Boris Pistorius Xelsinkiga tashrifi chog‘ida
"Hozirgi kunda hech kim qo‘shin yuborish tarafdori emas. Lekin hamma qurol, o‘q-dorilar va pul ko‘rinishida ko‘proq qo‘llab-quvvatlash tarafdori va biz hozir shu narsaga e’tibor qaratishimiz kerak", — deya Pistoriusning fikrini qo‘llab-quvvatladi Finlandiya Mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen.
"Uzoq masofaga zarba beruvchi raketalar Ukrainadagi urushni hal qilmaydi, shuningdek, bu Germaniyaning urushga aralashishi xavfini oshiradi. Shu sababga ko‘ra, Taurus raketalari Kiyevga yetkazib berilmagan", — deya qo‘shimcha qildi Pistorius.
Manba: www.aniq.uz