Bayden G‘azo sektorida vaqtinchalik port qurishni buyurdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoriga dengiz orqali gumanitar yordam yetkazib berish uchun O‘rta yer dengizida vaqtinchalik port yaratmoqda, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga yillik murojaati chog‘ida.
???? «Bugun tunda men amerikalik harbiy xizmatchilarga O‘rta yer dengizida G‘azo sohilida oziq-ovqat, suv, dori-darmon va vaqtinchalik turar joy tashuvchi yirik kemalarni sig‘dira oladigan vaqtinchalik port barpo etish bo‘yicha favqulodda missiyani bajarishga yo‘naltiraman. U yerda Amerika qo‘shinlari bo‘lmaydi», - dedi Bayden.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil hukumati Falastin anklaviga katta miqdordagi yordam oqib chiqishiga ruxsat berishi va «yordamchilar o‘zaro otishmaga tushib qolmasliklari»ni ta’minlashi kerak.
Manba: www.aniq.uz