Bangkokda jonivor o‘g‘rilari ushlandi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Tailand bojxonachilari qizil panda va yana bir necha o‘nlab hayvonlarni noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan olti nafar Hindiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda BBC yozgan.
Bojxona ma’lumotiga ko‘ra, ko‘z ostiga olingan 87 bosh jonivor orasida ilon, to‘tiqush, kaltakesak ham bor.
Gumonlanuvchilar “ko‘chma hayvonot bog‘i”ni Mumbayga uchayotgan samolyotga olib o‘tmoqchi bo‘lishgan.
Omadsiz kontrabandachilar ayblansa, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mutaxassislar somon savatidagi qizil panda, shuningdek yelim idishga solingan to‘tiqush suratini e’lon qildi. Qonunbuzarlar ilonlarni alohida-alohida zig‘ir xaltaga joylashtirgan.
Jahon qora bozorida sotiladigan hayvonlarning salmoqli qismi Tailand orqali, odatda Xitoy va Vyetnamga jo‘natiladi. So‘nggi yillarda Hindistonga ham juda ko‘p jonivor olib o‘tilgan.
Manba: www.aniq.uz