Erdo‘g‘on: Anqara Rossiya-Ukraina tinchlik sammitiga mezbonlik qilishga tayyor
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Turkiya Rossiya-Ukraina tinchlik sammitini uyushtirish va mezbonlik qilishga tayyor.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaradan so‘ng aytib o‘tdi.
U Anqara Ukrainaning hududiy yaxlitligi, mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
"Afsuski, 2022 yilda Istanbulda amalga oshirilgan diplomatik tashabbusimiz natija bermadi. Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush muzokaralar yo‘li bilan yakunlanishi kerak. Biz Rossiya ham ishtirok etadigan tinchlik sammitini o‘tkazishga tayyormiz", — deya qo‘shimcha qildi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Manba: www.aniq.uz