softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Vashingtonda o‘zbek to‘y oshi tayyorlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Vashingtonda  o‘zbek to‘y oshi tayyorlandi

Batafsil o'qish:

AQSh poytaxtida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Embassy Chef Challenge" gastronomik festivalida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA.

Tadbir Vashingtonda akkreditasiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar, madaniy-gumanitar, ta’lim, jamoat tashkilotlari va AQSh biznes doira vakillarini bir maydonga jamladi.

Festival doirasida "Pazandachilik diplomatiyasi oqshomi" mavzusida o‘tkazilgan taomlar namoyishi diplomatik missiyalarga o‘zlarining milliy oshxonalari salohiyatini namoyish etish imkoniyatini berdi.

Mamlakatimiz elchixonasi vakillari O‘zbekistonning turistik va gastronomik salohiyati, madaniy urf-odatlarmiz va o‘zbek milliy oshxonasining asosiy taomlarini taqdim etishdi.

O‘zbekiston stendi festival tashkilotchilari va mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Xususan, maxsus tayyorlangan to‘y palovi mehmonlarning alohida qiziqishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, ishtirokchilar Qo‘qonning mashhur holvalarini tatib ko‘rishdi va ular ushbu milliy shirinliklarni sotib olish istaklarini bildirdilar. Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari va O‘zbekistondagi gastronomik turizm haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, o‘zbek xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Manba: www.aniq.uz