softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil G‘azo sektorida robot itlardan foydalanmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil G‘azo sektorida robot itlardan foydalanmoqda

Batafsil o'qish:

Isroil harbiylari G‘azo sektorida HAMAS jangchilariga qarshi robot itlardan foydalanishni boshladi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Amerikaning Ghost Robotics kompaniyasining yarim avtonom Vision 60 unit robot itlari tunnellardagi tuzoqlarni va HAMAS pozisiyalarini aniqlash uchun foydalaniladi. Ular noma’lum muhitda ishlashga imkon beruvchi maxsus sensorlar bilan jihozlangan. Bunday robotlar sekundiga uch metr tezlikda 10 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga qodir. Bundan tashqari, ular yurish tezligini nazorat qilishi va inson buyrug‘isiz to‘xtashi mumkin.

Standart robot itning og‘irligi 51 kilogramm bo‘lib, taxminan uch soat ishlay oladi. Qurilmaning yuk ko‘tarish quvvati 10 kilogramm, yig‘ish va demontaj qilish vaqti 15 minut.

Isroil G‘azo sektorida qo‘llagan yana bir robot qurilma Rooster dronidir. U ob’ektlar ustidan sakrab o‘tishi va to‘siqlarni yengib o‘tishi mumkin.

“Maqsad — tuzoq va boshqa xavflarni aniqlash uchun askarlardan oldin voqea joyiga yetib borishdir”, — deydi Robotican bosh direktori Xagay Balshai.


Manba: www.aniq.uz