Rossiyada o‘zbekistonlik migrant pichoqlandi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Rossiyaning Pavlovsk shahrida ayol o‘smir o‘g‘li yordamida o‘zbekistonlik migrantni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol o‘zbekistonlik migrant bilan janjallashib qolgan. Dushmanlik hissi tufayli u 14 yoshli o‘g‘lini migrantni o‘ldirishga ko‘ndirgan. Natijada voyaga yetmagan bola ikki sherigi bilan O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan.
Jabrlanuvchining ko‘kragiga kamida to‘rt marta va orqa qismiga pichoq urilgan, shuningdek, tayoq bilan kamida bir marta zarba berilgan. Erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Ayol muqaddam sudlangan, biroq ma’muriy nazorat ostida bo‘lmagan.
Barcha ayblanuvchilar “qotillikka urinish”da ayblangan. Ayolning o‘g‘li o‘z aybiga qisman iqror bo‘lib, hibsga olinishiga e’tiroz bildirgan. Onasi ham bunga qarshi chiqqan va tergovdan yashirinmaslikka va’da bergan.
Tayoq bilan hujum qilgan bola darslarni qoldirmaslik uchun uy qamog‘i so‘ragan. Uchinchi o‘smir ham qamalishni xohlamasligini aytgan. Advokatning ta’kidlashicha, ayblanuvchi ijobiy xarakterga ega, uning qotillikka suiqasdga aloqadorligi tasdiqlanmagan. Barcha ayblanuvchilar 5 mayga qadar hibsda saqlanadi.
Manba: www.aniq.uz