“Yo‘qoldi”: Ukraina QK frontda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi haqiqatni tan oldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina harbiylarida jangovar harakatlarni davom ettirish uchun motivasiya yetishmayapti, armiya esa jiddiy shaxsiy tarkib tanqisligini boshdan kechirmoqda, dedi Ukraina Qurolli Kuchlari askarlari Germaniyaning NTV telekanali uchun bergan reportajida.
“Bizda odamlar bilan katta muammo bor. Bizda umuman odamlar yetishmaydi. Odamlarda eng boshida bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolgan. <...> Ko‘p odamlarimiz charchagan”, - deya tan oldi harbiylardan biri.
Bundan tashqari, ukrainalik askarlar Rossiya dronlari tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan bosimdan shikoyat qildi.
“Piyodalar uchun xandaq qazish allaqachon muammoga aylangan. Kimdir tashqarida bo‘lsa, dron uni darhol payqaydi. Keyin ikkinchi dron paydo bo‘ladi va uning ortidan nimadir keladi”, - deydi telekanalga harbiy.
Yanvar oyida Amerikaning Wall Street Journal gazetasi Ukrainada qurol-yarog‘ va ishtiyoqli harbiylar yetishmasligini, shuning uchun tahlilchilar Rossiya qo‘shinlari Ukraina mudofaasini yorib o‘ta oladi, deb hisoblashini yozgan edi.
Manba: www.aniq.uz