softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Madridda yana yirik namoyish uyushtirildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Madridda yana yirik namoyish  uyushtirildi

Batafsil o'qish:

Qayd etilishicha, aksiya Madrid meriyasi yonidagi maydonda yuzga yaqin tashkilot tomonidan uyushtirilgan.

Mitingni ayrim muxolif partiyalar ham qo‘llab-quvvatlab, Sanchesga qarshi shiorlar ko‘tarishgan.

Shuningdek, OAV traktorlarda norozilik bildirgan ispan fermerlari mamlakat bo‘ylab yo‘llarni to‘sib qo‘ygani haqida ham yozmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishchilari mehnat sharoitini yaxshilash, sohadagi siyosatga o‘zgarish kiritish talab qilinib, Barselona, Tarragona, Kastiliya-La-Mancha, Valensiya, Aragon, La-Rioxa, Mursiya va mamlakatning boshqa mintaqalaridagi avto magistrallarda harakat to‘sib qo‘yildi.

Yanvar oyi oxirida Madrid markazida 45 mingga yaqin kishi Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari uchun amnistiya berish to‘g‘risidagi qonunga, shuningdek hukumat rahbari Pedro Sanchesga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazgani xabar qilingan edi.

O‘shanda olomon mintaqa sobiq yetakchisi Karles Puchdemon tarafdorlari qat’iy turib olgach, Sanches qonun loyihasiga o‘zgarish kiritishga rozi bo‘lgandan keyin ko‘tarilgan.

Puchdemon Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi bo‘yicha refendum o‘tkazilgan davrda mintaqa hukumatini boshqargan. Ko‘p o‘tmay, u Belgiyaga qochib ketgan. Iberiya qirolligi sud idoralari uni ekstradisiya qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchrab kelmoqda. Hozir Puchdemon Yevropa parlamenti a’zosi.
Manba: www.aniq.uz