softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Fransiya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborishni istisno etmadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Fransiya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborishni istisno etmadi

Batafsil o'qish:

Ukraina o‘z mamlakatiga G‘arb qo‘shinlarini yuborishni talab qilmadi. Ammo kelgusi oylarda hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi.

Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurn ma’lum qildi, deb yozadi “Report” “Politico” nashriga tayanib.

“Yaqin oylar yoki yillarda Ukrainaga qanday yordam berishni Rossiya emas, biz hal qilishimiz kerak. Ukraina hamon G‘arbdan qo‘shin emas, qurol yuborishni talab qilmoqda: Ammo biz yaqin kelajak uchun nimanidir istisno eta olmaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATO Ukrainaga yordam berish uchun qo‘shin yuborishi mumkinligini inkor etmagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammo bu masala bo‘yicha konsensusning yo‘qligi.

NATOning bir qator davlatlari, xususan, Germaniya, Chexiya, Bolgariya, Polsha, Ispaniya va Italiya bu fikrga qarshi chiqdi. Shu bilan birga, u Litva, Latviya va Estoniya kabi davlatlar bu imkoniyatni ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.


Manba: www.aniq.uz