Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi yangi muzokaralarni qabul qilishga tayyor
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Ukraina urushi, Qora dengizdagi yuk tashish, g‘alla eksporti, ikki tomonlama munosabatlar va boshqa qator masalalarni muhokama qildi, deya xabar beradi Azattik radiosi.
Erdo‘g‘an Ukraina-Rossiya tinchlik muzokaralarining yangi bosqichini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Zelenskiy, o‘z navbatida, Rossiya Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan tinchlik konferensiyasida ishtirok etmasligini, Rossiya vakillari ishtirokidagi uchrashuv esa tinchlik rejasi kelishib, tasdiqlanganidan keyin, Ukraina ittifoqchilari ko‘magida o‘tkazilishini ta’kidladi.
Ukraina rahbari turkiyalik mutaxassislar Ukraina harbiy-dengiz kuchlari uchun ikkita korvet qurayotgan kemasozlik zavodini ham ko‘zdan kechirdi.
Rossiya Federasiyasidagi saylovlardan keyin prezident Putin, ehtimol, Turkiyaga ham tashrif buyurib, Erdog‘an bilan uchrashadi.
Manba: www.aniq.uz