Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra provinsiyasidagi suv toshqini oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda “Sinxua” agentligi Tabiiy ofatlarni boshqarish va oqibatlarini yumshatish departamenti vakili Muharrindo Idvanga tayanib, “ Report” xabar bermoqda.
“O‘lganlarning aksariyati Pesisir-Selatan tumanida topilgan. U yerda jami 16 kishining jasadi topilgan, yana 7 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi. O‘lganlarning qolganlari Pariaman tumanidan topilgan”, — deya Idvan so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Uning qayd etishicha, kuchli oqimlar 16 ta ko‘prikni uchirib, cho‘ktirgan, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan va uylar vayron bo‘lgan, jabrlanganlarga yordam berish qiyinlashgan. Idvanning ta’kidlashicha, shtat payshanba kunidan beri suv toshqinidan aziyat chekmoqda, u yerda kuchli yog‘ingarchilik tufayli daryolar toshib ketgan.
Manba: www.aniq.uz