Al Jazeera: so‘nggi 24 soatda G‘azoda 82 kishi halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
So‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektori janubi va markazida Isroil harbiy amaliyotlari oqibatida kamida 82 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Nuseyrat qochqinlar lageriga uyushtirilgan so‘nggi hujumda kamida 13 falastinlik halok bo‘lgan. Fuqarolik mudofaasi ekipajlari hozirda vayronalar ostidan barcha qurbonlarni olib chiqish ustida ish olib bormoqda. Qurbonlar va yaradorlar soni ortishi mumkin.
Arab nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi 24 soat davomida G‘azoda kamida 82 nafar falastinlik o‘ldirilgan. Yaralanganlarning umumiy soni ma’lum emas.
Manbada aytilishicha, G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri hududida bombardimon qilish davom etmoqda. Isroil kuchlari Hamad turar joy maskani hududidagi bir qancha minoralarni nishonga olgan.
Manba: www.aniq.uz