Indoneziyalik uchuvchilar parvoz vaqtida uxlab qolishgan
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Har ikki indoneziyalik uchuvchi ham parvoz vaqtida uxlab qolgan va deyarli 30 daqiqa davomida qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan.
Batik Air aviakompaniyasining janubi-sharqiy Sulavesi shahridan Indoneziya poytaxti Jakartaga parvozi chog‘ida uchuvchi va ikkinchi uchuvchi bir vaqtning o‘zida taxminan 28 daqiqa uxlagan, deb yozadi The Guardian.
Hodisa natijasida bir qator navigasiya xatolari yuzaga keldi, biroq ikki soatu 35 daqiqa davom etgan parvoz vaqtida Airbus A320 samolyotining 153 nafar yo‘lovchisi va to‘rt nafar salon ekipaji jarohat olmadi.
Havo transporti bosh direktori Mariya Kristi Enda Murni transport vazirligi voqea yuzasidan Batik Airga “qattiq tanbeh berayotganini” aytdi.
U aviakompaniyani ekipajning dam olish vaqtiga ko‘proq e’tibor berishga chaqirdi.
Manba: www.aniq.uz