Tayvan Mudofaa vazirligi “birinchi zarba” ta’rifini o‘zgartirdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ilgari Tayvan faqat dushmanning raketa otishmasiga javoban zarba bera olardi.
Yangi usulda: Xitoyning istalgan harbiy ob’ekti tomonidan Tayvan hududiy chegaralarini kesib o‘tish agressiya harakati sifatida qabul qilinadi. Ya’ni, samolyot yoki kemalar Tayvan havo hududi yoki hududiy suvlarini buzsa, qo‘mondonlar tegishli choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Tayvan qanday choralar muhokama qilinayotganini tushuntirmadi. Aslida, Tayvan bo‘g‘ozi va havo mudofaasi identifikasiya zonasidagi "median chiziq" ni kesib o‘tish, Taypey standartlari bo‘yicha, allaqachon chegaralarni buzish hisoblanadi, biroq ayni paytda Xitoy hech qanday chiziq va zonalarni tan olmaydi.
Manba: www.aniq.uz