Bugun Portugaliyada navbatdan tashqari parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Mamlakatning 10 milliondan ortiq fuqarolari Respublika Assambleyasiga (bir palatali parlament) 230 nafar deputatni saylashlari kerak. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 19:00 gacha ochiq bo‘ladi. Ovoz berishning dastlabki natijalari kechasi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Dastlab saylov 2026 yilga mo‘ljallangan edi. Biroq 2023 yilning noyabrida Portugaliya Prezidenti Marselu Rebelu di Souza parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylov o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Saylov mamlakatdagi korrupsiya mojarolari va iqtisodiy qiyinchiliklar fonida o‘tmoqda. Unda 15 partiya va uchta koalisiya ishtirok etadi.
Manba: www.aniq.uz