softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil harbiylari Livanda bir guruh radikallarga zarba berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil harbiylari Livanda bir guruh radikallarga zarba berdi

Batafsil o'qish:

10 mart, yakshanba kuni Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Livan janubida tankga qarshi raketalar bilan qurollangan radikallar guruhiga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) matbuot xizmati xabar bermoqda. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Sheba aholi punkti hududidagi zarba Isroil harbiylari ko‘ziga tushgan otryad Isroil hududiga o‘t ochishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda amalga oshirilgan. Matbuot xizmati, shuningdek, 10 mart kuni ertalab ID harbiylari Livan shialarining Hizbulloh tashkiloti samolyoti Isroil hududiga qulaganini qayd etganini aytdi. Hodisa Isroil-Livan chegarasidagi Xar Dov tog‘i hududida sodir bo‘lgan, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q. Bundan tashqari, kunduzi Livandan Malkiya qishlog‘i hududida o‘qqa tutilgan. Hujum natijasida hech kim jabrlanmadi, bitta harbiy mashina zarar ko‘rdi, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.










Manba: www.aniq.uz