softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiya Ukrainaga yangi aviabombalar bilan zarba berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiya Ukrainaga yangi aviabombalar bilan zarba berdi

Batafsil o'qish:

Rossiya harbiylari Donesk viloyatining Mirnograd shahrini o‘qqa tutishda yangi aviabombalardan foydalandi. Bu haqda Ukraina mudofaa kuchlari spikeri Dmitriy Lixovoyga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dushman “S-300” zenit raketa tizimidan foydalangan. Biroq polisiyadan olingan yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, bu hujumda ruslar uchta UMPB D-30SN bombalarini qo‘llagan”, — dedi u.

Ushbu qurollardan foydalanish Rossiyaning boshqariladigan aviabombalarini yaratishning yangi bosqichidan dalolat beradi.

“Bu takomillashtirilgan havo bombasi bo‘lib, u allaqachon klassik eski FABlar (500 kg og‘irlikdagi Sovet aviabombasi) o‘rnini egallamoqda. Ular qo‘shimcha rejalashtirish funksiyalari va qo‘shimcha energiya kompleksiga ega. Shuning uchun, afsuski, biz kurashda yangi chaqiriqlarga va mazkur aviabombalarga qarshi yangi havo hujumidan mudofaa tizimlarining vazifalariga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, — deydi Lixovoy.

Rossiya armiyasi 10 mart kuni tunda Mirnogradga hujum qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jarohatlangan. Shaharda vayronagarchiliklar qayd etilgan.


Manba: www.aniq.uz