Toshbaqa go‘shti 9 kishining umriga zomin bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Tanzaniyaning Pemba orolida dengiz toshbaqasi go‘shtini iste’mol qilgan to‘qqiz kishi vafot etdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Vafot etganlarning sakkiz nafari bola, yana 78 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Doktor Hoji Bakarining so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan katta yoshli ayol o‘lgan bolalardan birining onasi bo‘lgan. O‘lim 8 mart kuni qayd etilgan, ular toshbaqa go‘shtini 5 mart kuni iste’mol qilgan.
Bakari laboratoriya tekshiruvlari natijalariga asoslanib, barcha qurbonlar dengiz toshbaqasi go‘shtini iste’mol qilganini ta’kidladi. Aholiga qo‘shimcha tushuntirish ishlarini olib borish uchun “oqibatlarini bartaraf etish” guruhi jalb etilgan.
Manba: www.aniq.uz