Germaniya Buyuk Britaniya orqali Ukrainaga qanotli raketalarni uzatadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Berlin Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronning raketalarni keyinchalik Ukrainaga o‘tkazish uchun aylanma ayirboshlash taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.
Der Spiegel nashrining yozishicha, bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Barbok ma’lum qilgan.
Xususan, Germaniya Buyuk Britaniyaga “Taurus” qanotli raketalarini yetkazib berishi mumkin va buning evaziga Britaniya tomoni “Storm Shadow”ni Ukrainaga o‘tkazadi. Shunday qilib, Germaniya Ukraina qo‘shinlarini qanotli raketalar bilan ta’minlash mas’uliyatidan rasman ozod qilinadi, deyiladi maqolada.
Nashrning yozishicha, Berbok Kemeronning Kiyevni shunday sxema orqali qanotli raketalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflariga ochiq.
Kemeron o‘tgan haftada London Germaniyaga Germaniyaning “Taurus” qanotli raketalarini Ukrainaga yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam berishga tayyorligini aytgan edi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga bunday qanotli raketalarni yetkazib berish mojaroning kuchayishiga olib kelmaydi, chunki uzatuvchi tomon ulardan foydalanishga cheklovlar qo‘yishi mumkin.
Manba: www.aniq.uz