softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Chet el kompaniyalari Ukrainani qayta tiklash ishlarini boshlab yubordi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Chet el kompaniyalari Ukrainani qayta tiklash ishlarini boshlab yubordi

Batafsil o'qish:

Ukrainada chet el kompaniyalari tomonidan infratuzilmani qayta tiklash ishlari boshlanmoqda, deb yozadi Bloomberg. Avstriya, Germaniya va Turkiya kompaniyalari allaqachon bunday ishlarga kirishgan.

Avvalroq Yevropa investbanki qayta tiklashga 1 trillion yevro ketishini prognoz qilgandi. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlariga ko‘makni ko‘zda tutgan Marshal rejasi bo‘yicha AQSh tomonidan ajratilgan mablag‘lardan besh marta ko‘p demakdir (inflyasiyani hisobga olganda).

Turkiya firmalari ko‘priklar, yo‘llarni qayta tiklamoqda, energogeneratorlar va ko‘chma kasalxonalarni yetkazib bermoqda.

Avstriya va Germaniya kompaniyalari esa infratuzilma va mudofaa korxonalarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Xususan, Germaniyaning Rheinmetall AG konserni avvalroq Ukrainada 155 mm kalibrli artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarish korxonasini ochish rejalari haqida e’lon qilgan edi. Fixit qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi esa Ukraina g‘arbida ishlab chiqarish maydonini tashkil qiladi, Bayer AG kimyo kompaniyasi urug‘ ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqda. Daniya Ukrainaning Nikolayev shahrida kemasozlik markazini qayta tiklashga 130 million dollar ajratdi.




Manba: www.aniq.uz