Bayden: Rafah qizil chiziq, biroq...
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, bosh vazir Benyamin Netanyaxu G‘azodagi urushga munosabati bilan "Isroilga yordamdan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmoqda". U bu fikrini MSNBC telekanalida Jonatan Keyphartga bergan intervyusida o‘rtoqlashdi.
AQSh yetakchisi 7 oktyabrdagi hujumdan keyin “Isroilning HAMASni ta’qib qilish huquqini” yana qo‘llab-quvvatladi, biroq Netanyaxu “ko‘rilgan harakatlar natijasida hayotdan ko‘z yumgan begunoh odamlarga ko‘proq e’tibor qaratishi kerakligini” ta’kidladi.
Qayd etish joizki, Bayden bir necha oy davomida G‘azoda tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotgani sababli Isroil xalqaro yordamni yo‘qotish xavfi borligi haqida ogohlantirib kelmoqda va MSNBC telekanaliga bergan intervyusidagi so‘nggi ogohlantirishiz Netanyaxudan norozilik kuchayib borayotganiga ishora qilmoqda.
Bayden G‘azodagi qurbonlar sonining ko‘pligi haqida shunday dedi: “Bu harakatlar Isroil himoya qilayotgan narsaga ziddir. Va menimcha, bu katta xato”.
AQSh prezidenti Isroilning 1,3 milliondan ortiq falastinliklar boshpana topgan G‘azoning Rafah shahriga ehtimoliy bostirib kirishi uning “qizil chizig‘i” ekanini, biroq qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish niyatida emasligini ta’kidladi.
"Bu qizil chiziq, - dedi u Rafah haqidagi savolga javob berar ekan, - lekin men Isroilni hech qachon tashlab qo‘ymayman. Isroilning mudofaasi juda muhim bo‘lib qolmoqda, shu bois mudofaa uchun zarur bo‘lgan barcha qurol-yarog‘larni, shu jumladan “Temir gumbaz” tizimlarini yetkazib berishni to‘xtatadigan qizil chiziq yo‘q".
Manba: www.aniq.uz