softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil TIV “BAPOR”ni moliyalashtirishning tiklanishini “jiddiy xato” deb atadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil TIV “BAPOR”ni moliyalashtirishning tiklanishini “jiddiy xato” deb atadi

Batafsil o'qish:

Kanada, Shvesiya va Ispaniya “BAPOR”ni moliyalashtirishni tiklashlari haqida e’lon qildi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi buni “jiddiy xato” deb atadi. Pedro Sanches shanba kuni parlamentga Falastin davlatini tan olishni taklif qilishini aytdi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi “BAPOR” (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam va ishlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi agentligi)ni moliyalashtirishning qayta tiklanishini “jiddiy xato” deb atadi.

Diplomatik idoraning bayonotida aytilishicha, “BAPOR”ning qator xodimlarining terrorchilik faoliyatiga aloqasi” e’tiborga olinmayapti. SAXAL matbuot kotibi admiral Xagarining dushanba kuni ma’lum qilishicha, “BAPOR”ning 450 dan ortiq xodimi G‘azo sektoridagi terrorchilik faoliyatida ishtirok etgani taxmin qilinmoqda.

Ko‘pgina donor davlatlar, jumladan, Qo‘shma Shtatlar “BAPOR”ni qo‘llab-quvvatlashni tashkilotning ayrim xodimlari 7 oktyabr kuni Xamasning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblanganidan keyin to‘xtatgan edi. O‘shandan beri “BAPOR” rahbarlari moliya etishmasligi sababli gumanitar operasiyalarini butunlay to‘xtatishlari kerakligi haqida ogohlantirgan.




Manba: www.aniq.uz