RF harbiy dengiz floti besh sutkadan beri Qora dengizga chiqmayapti
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina qurolli kuchlari Sergey Kotov patrul korvetini cho‘ktirganidan so‘ng, Rossiya kemalari Qora dengizda jangovar navbatchilikni to‘xtatdi, deya xabar beradi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi. Shu bilan birga, Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning uchta harbiy kemasi O‘rta yer dengizida, yana biri – Azov dengizida.
Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari vakili Dmitriy Pletenchukning so‘zlariga ko‘ra, anneksiya qilingan Qrim portlaridagi Rossiya kemalari soni avvalroq minimal darajaga tushirilgan – bu Ukraina Qora dengizdagi tashabbusni o‘z qo‘liga olganini va jangovar harakatlarni amalga oshirish uchun o‘z shartlarini qo‘yishi mumkin.
Yo‘q qilingan “Sergey Kotov” patrul kemasi Rossiya Qora dengiz flotidagi eng yangi kema edi.
Rossiya Mudofaa vazirligining veb-saytida ta’kidlanishicha, ushbu seriyadagi kemalar 60 kishidan iborat ekipaj tomonidan boshqariladi, 60 kun davomida avtonom ishlashga qodir va radiotexnik va gidroakustik qurollar bilan jihozlangan.
Manba: www.aniq.uz