Ukraina Gruziya hukumatiga iltimos bilan murojaat qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina tomoni Gruziya hukumatiga muhandislik asbob-uskunalari bilan ta’minlash iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda Ukrainaning Gruziyadagi vaqtinchalik ishlar vakili Aleksandr Shulga ma’lum qildi.
"Biz Gruziya hukumatiga murojaat qildik va bizni muhandislik jihozlari bilan ta’minlashni so‘radik, chunki Ukraina infratuzilmasi doimiy ravishda bombardimon qilinayotgan sharoitda vayronalarni tozalash kerak. Gruziya tomoni bularning barchasini ko‘rib chiqadi va umid qilamizki, tez orada bu masala bo‘yicha javob olamiz”, — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya allaqachon Ukrainaga dori-darmon va generatorlar ko‘rinishida gumanitar yordam ko‘rsatgan.
Gruziya parlamentidagi ko‘pchilik yetakchisi Mamuka Mdinaradzening aytishicha, unga g‘alati tuyulgan bo‘lsada, bu so‘rov ko‘rib chiqilishi mumkin. U bu talabni boshqa maqsadlarni ko‘zlagan yangi kampaniyaga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Manba: www.aniq.uz