Litvada 50 ga yaqin mashina musodara qilinishi mumkin
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Rasmiylarning 11 martgacha mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hududni tark etish haqidagi ko‘rsatmalariga qaramay, Rossiya davlat raqamlariga ega o‘nlab avtomobillar Litvada hamon saqlanib qolmoqda.
«Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan davlat raqamlariga ega bo‘lgan bir necha o‘nlab avtomobillar hamon Litvada harakatlanmoqda. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 50 ga yaqin», dedi bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Irmina Frolova- Milashene 10 mart, yakshanba kuni BNS’ga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap yo‘l harakatida ishtirok etayotgan avtomobillar haqida ketmoqda. Agar bunday transport vositalarining Litvada bo‘lish huquqi yo‘qligi aniqlansa, bu xalqaro sanksiyalar buzilishi sifatida baholanadi, deya ta’kidladi bojxona boshqarmasi vakili.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq transport vositasi musodara qilinadi va qoidabuzarlar jarimaga tortiladi. Birinchi qoidabuzarlik uchun jismoniy shaxslar 200 yevrodan 6 000 yevrogacha, takroriy qoidabuzarliklar uchun 2 000 yevrodan 6 000 ming yevrogacha jarima olishi mumkin. Yuridik shaxslar rahbariyati mos ravishda 600 yevrodan 6 000 yevrogacha va 4 000 yevrodan 6 000 yevrogacha jarimaga tortiladi.
Shu bilan birga, Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarda Litvadan tranzit orqali Kaliningrad viloyatiga yoki undan teskari yo‘nalishda harakatlanayotgan Rossiya Federasiyasi fuqarolari uchun istisno qilinadi, deya tushuntirdi bojxona xizmati. Biroq, bu holatda, mamlakatni 24 soat ichida kesib o‘tish kerak bo‘ladi va mashina egasi unga hamroh bo‘lishi lozim. Agar egasi yo‘q bo‘lsa, transport vositasi Litva hududiga kiritilmaydi.
Manba: www.aniq.uz