Litvada Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillardan foydalanish taqiqlandi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Litvada Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi, diplomatik avtomashinalar va Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga va Litva orqali qaytayotgan avtomobillar bundan mustasno.
Litva bojxona departamenti bayonotida 11 martdan boshlab Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillardan foydalanayotgan shaxslar qonunni buzgan deb topilishi va «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini aytdi.
Bayonotda Litvada Rossiya davlat raqamiga ega 50 ga yaqin avtomobil borligi va bu mashinalar egalari 6561 dollargacha jarimaga tortilishi, agar ular mamlakatni tark etmasa, bu mashinalar musodara qilinishi qayd etilgan.
Ushbu qarorga ko‘ra, Litva orqali Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga yoki undan chiqib ketayotgan Rossiya fuqarolari tegishli hujjatlarga ega bo‘lsa va Litva orqali tranzit 24 soatdan ortiq davom etmasa, taqiqdan ozod qilinadi.
Shuningdek, taqiq diplomatik transport vositalariga taalluqli emasligi ta’kidlandi.
Litva 2023 yil sentyabrida Yevrokomissiya tavsiyasiga ko‘ra Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarni mamlakatga kiritishni taqiqlagan edi.
Manba: www.aniq.uz