Shvesiya bosh vaziri Boltiqbo‘yi davlatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson Politico nashriga bergan intervyusida Shvesiyaning NATO ittifoqchisiga aylangan Boltiqbo‘yi davlatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Kristersson Boltiqbo‘yi mintaqasida qo‘shinlarning potensial joylashtirilishini "juda tabiiy" variant deb atadi.
"Biz Boltiqbo‘yi mamlakatlari uchun ham havo patruli sohasida ham, boshqa vazifalarda ham tabiiy bo‘lgan bir qancha potensial imkoniyatlarni ta’kidladik", dedi u.
Shvesiya hukumati rahbari qirollikning Boltiq dengizidagi salohiyatiga ham alohida urg‘u berdi.
Uning ta’kidlashicha, NATO tarkibiga kiruvchi Yevropa davlatlari "etarlicha kuchli mudofaa qurishlari kerak, faqat Qo‘shma Shtatlar uni ta’minlaydi va buning uchun pul to‘laydi, deb umid qilmasdan".
Manba: www.aniq.uz