Yangi Zelandiyaga uchayotgan Boeing 787 to‘satdan pastlab, 50 kishi jarohat oldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Chilining LATAM aviakompaniyasiga qarashli Boeing 787 Dreamliner samolyoti Tasman dengizi uzra parvoz qilayotganda to‘satdan pastlashi oqibatida kamida 50 kishi jabrlandi. 12 kishi, jumladan uch ekipaj a’zosi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda VVS xabar berdi.
Sidneydan (Avstraliya) Oklendga (Yangi Zelandiya) yo‘l olgan LA800 reysi texnik nosozlik tufayli 100 metr pastga “qulab ketdi”. Nosozlikning aniq qanday bo‘lgani haqida xabar berilmagan.
"Odamlar xavfsizlik kamarini taqmagani uchun o‘rindiqlaridan qulab tushgan", – dedi yo‘lovchilardan biri Yangi Zelandiya radiosiga.
“Ba’zilari jiddiy jarohat olgan. Odamlar juda qo‘rqib ketishdi”, – deya tasdiqladi yana bir yo‘lovchi.
Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, samolyot rejaga muvofiq Oklend aeroportiga qo‘ngan.
Qo‘ngandan so‘ng samolyotga 10 dan ortiq tez yordam mashinasi kelib, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatdi.
Manba: www.aniq.uz