Shveysariya Alp tog‘larida besh nafar chang‘ichi halok bo‘ldi, biri esa bedarak yo‘qoldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Qutqaruvchilar Matterxorn tumanida halok bo‘lgan besh nafar chang‘ichining jasadini topdi. Polisiya yo‘qolgan oltinchi chang‘ichini qidirmoqda. Bu haqda Euronews yozdi.
Shveysariya Alp tog‘laridagi Matterxorn yaqinida dam olish kunlari bedarak yo‘qolgan olti nafar chang‘ichidan besh nafarining jasadi topildi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, guruh tarkibida bir oila a’zolari bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, chang‘ichilar 9 mart kuni Sermatt kurort shahridan chang‘i uchish uchun jo‘nab ketishgan. Bir paytda aloqa uzilib qoldi.
Qidiruv ishlari noqulay ob-havo tufayli qiyinchilik tug‘dirmoqda.
“Qutqaruvchilar voqea joyiga biz aniqlagan koordinatalar bo‘yicha yetib keldi. Afsuski, u yerda o‘lgan olti kishidan besh nafarini topdik”, - dedi Vale kantoni mintaqaviy polisiyasi rahbari Kristian Varone.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda qutqaruv guruhi oltinchi chang‘ichini qidirishda davom etmoqda.
Manba: www.aniq.uz