“Oskar” marosimida Navalniyning xotirasi yodga olindi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
96-“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimida rossiyalik marhum muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy xotirlandi, deb yozadi Meduza.
Rejissyor Deniel Roerning 2023 yilda “Eng yaxshi hujjatli film” yo‘nalishida mukofot olgan “Navalniy” filmidan parcha namoyish etildi.
“Yovuzlik tantana qilishi uchun zarur bo‘lgan narsa — yaxshi odamlarning harakatsizligidir”, — deydi siyosatchi filmning ushbu epizodida.
Filmdan parcha “Oskar” marosimining “In Memoriam” qismini ochib berdi, unda Kinoakademiya an’anaga ko‘ra so‘nggi bir yil ichida vafot etgan kinematografchilar xotirasini yodga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Jazolarni ijro etish federal xizmati Aleksey Navalniy 16 fevral kuni Yamal-Nenes muxtor okrugi Xarp qishlog‘idagi “Polyarniy volk” koloniyasida vafot etgani haqida xabar berdi. Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi sayrdan keyin o‘zini yomon his qilib, darhol hushini yo‘qotgan. RT propaganda kanali manbasi qayd etishicha, uning o‘limiga tromb yorilishi sabab bo‘lgan. Koloniyada Aleksey Navalniyning onasiga u “to‘satdan o‘lim sindromi”dan vafot etganini aytishgan. Lyudmila Navalnayaga berilgan o‘lim haqidagi tibbiy xulosada o‘lim sababi sifatida “tabiiy sabablar” keltirilgan.
Manba: www.aniq.uz