Bombalanayotgan G‘azo: 158-kunning asosiy voqealari
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 158 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar Dayr al-Balah, Jabaliya, Tal az-Zatariy hududi, Zaytun hududi hamda G‘azo va Rafah markaziga hujum uyushtirdi.
▪️ Kun davomida 67 kishi halok bo‘ldi, 106 kishi tan jarohati oldi.
G‘azodagi agressiya davomida jami 31 122 kishi halok bo‘ldi, 72 760 kishi yaralandi. Isroil hujumlari qurbonlarining 72 foizi bolalar va ayollardir.
▪️ G‘arbiy Sohilda bosqinchilar falastinliklarni o‘ldirish va hibsga olish uchun reydlar uyushtirmoqda. Tulkarmda 2 falastinlik shahid bo‘ldi. O‘nlab odamlar, jumladan, Al-Aqso masjidiga namoz o‘qish uchun kelgan dindorlar hibsga olingan.
▪️ Bosqinchilar yana G‘azo markazida insonparvarlik yordami kelishini kutayotgan odamlarga o‘t ochdi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.
Manba: www.aniq.uz