Qirg‘izistonda “Capital Group” egasi Pavel Tyoga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilindi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Qirg‘iziston Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rossiyalik tadbirkor, “Capital Group” kompaniyasining egasi Pavel Tyoni tadbirkor Qamchi Asanbek (Kolboyev)ning uyushgan jinoiy guruhini moliyalashda gumon qilib xalqaro qidiruvga berdi, deb yozadi Tazabek agentlikka tayanib.
Tyoga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi sirtdan tanlangan.
Capital Group – Rossiyaning eng yirik developerlik kompaniyalaridan biri. Noyabr oyida «Vedomosti» nashriga bergan intervyusida Tyo “Rossiya Capital Group” portfelini 6 million kvadrat metrga baholagandi. Qurilgan, amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ob’ektlarning umumiy portfeli – 11 mln. kv.m.
Manba: www.aniq.uz