softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yaponiyaning ilk xususiy raketa-tashuvchisi portlab ketdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Yaponiyaning ilk xususiy raketa-tashuvchisi portlab ketdi

Batafsil o'qish:

Yaponiyada “Space One”, kompaniyasiga qarashli sun’iy yo‘ldoshni koinotga olib chiquvchi ilk xususiy raketa tashuvchi fazoga ko‘tarilish chog‘ida portlab ketdi. Halokat sababi hozircha noma’lum.

Qurilma taxminin 100 kilogramm og‘irlikdagi hukumatga qarashli yo‘ldoshni fazoga olib chiqishi kerak edi. Parvoz ko‘ngildagidek kechganda, Yaponiya tarixida xususiy kompaniya sa’y-harakati bilan amalga oshirilgan ilk missiya qayd etilardi.

“Space One” kompaniyasi raketa yaratishni 2018 yil boshlagan va Vakayama muzofotida o‘z kosmodromini qurgan.

Mamlakat iqtisodiy xavfsizlik vaziri Sanae Takaiti bayonot berishicha, kun chiqar yurti 2030-yillar o‘rtasiga borib, yiliga kamida 30 ta yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda. Loyihalarning bir qismi xususiy kompaniyalar tomonidan yo‘lga qo‘yiladi.

Yaponiya aerokosmik tadqiqot agentligi (JAXA) so‘nggi 10 yilda fazoga 30 dan ziyod parvoz amalga oshirdi. Bundan tashqari, davlatga qarashli “Mitsubishi Heavy Industries” korporasiyasi ham koinotga muntazam ravishda josus yo‘ldoshlarini uchirib keladi.


Manba: www.aniq.uz