Floridada qayiqdan qulagan pensionerni timsoh tishlab oldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Florida shtatidagi «Evergleyds» milliy bog‘ida timsoh ag‘darilgan qayiqdan qirg‘oqqa suzib ketgan odamni tishlab oldi, deya xabar beradi Kazinform BELTA agentligiga tayanib.
ABC News telekanali xabariga ko‘ra, Milliy bog‘lar xizmati 68 yoshli erkak qayig‘i ag‘darilib ketgan paytda dam olish uchun yelkanli qayiqda bo‘lganini aytdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u qirg‘oq tomon suzib ketgan, biroq to‘satdan suv ostida qolgan.
Milliy bog‘ xizmati inspektorlari darhol «Flamingo» iskalasiga yetib kelishdi. Ular oyog‘ida yirtilgan yarasi bo‘lgan erkakka birinchi yordam ko‘rsatdi. Shundan so‘ng jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli barqaror deb baholanyapti.
Milliy bog‘ mutaxassislari hodisani o‘rganyapti va hatto, timsoh-odam o‘zaro munosabat rejasiga amal qilinishini ta’minlash uchun timsohni kuzatyapti.
Manba: www.aniq.uz