Xitoyda kafe portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasi Sanxe shahridagi tez ovqatlanish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi. Bu haqda shahar hukumati ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform.
13 mart kuni mahalliy vaqt bilan 7:54 da Sanxe shahridagi to‘rt qavatli binoda joylashgan tez ovqatlanish shoxobchalaridan birida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, binodagi portlash gaz sizib chiqishi tufayli sodir bo‘lgan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, portlashdan keyin bino qulab tushgan. Voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Manba: www.aniq.uz