Ispaniya qirg‘oqlarida qayiqda topilgan qochqinlar orasida 7 kishi halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Seshanba kuni ertalab Gran Kanariya orolidan 140 km janubda topilgan muhojirlar ortilgan qayiqda 7 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Ispaniya dengiz qutqaruv xizmatiga tayanib, Sinxua agentligi yozdi.
Qayiqni savdo kemasi dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida payqab qolgan va qutqaruv xizmatiga xabar bergan. Yordamga 2 vertolyot va bir qutqaruv kemasi yuborildi.
Qayiqda 2 nafar qochqinning jasadi topilgan, 34 kishi tirik qolgan, ulardan 27 nafari erkak va 7 nafari ayol. Ular Sahroning janubidagi Afrikadan chiqqan. Omon qolganlarning so‘zlariga ko‘ra, Afrikaning shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlaridan xavfli dengizni kesib o‘tish chog‘ida besh kishi halok bo‘lgan va ularning jasadlari okeanga tashlangan.
Kanar orollari favqulodda xizmatlari va Qizil Xoch omon qolganlarga yordam berish uchun qirg‘oqda markaz tashkil qildi. 24 yoshli ikki erkakning ahvoli og‘ir.
6 mart kuni IYErro orolining janubiy qirg‘og‘ida yana bir muhojir qayig‘i topildi. Bortdagilar orasidan 5 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi shifoxonaga yetkazilgan.
Shimoliy G‘arbiy Afrikadan Kanar orollarigacha bo‘lgan migrantlar yo‘li dunyodagi eng xavfli yo‘llardan biri hisoblanadi. Bu yo‘lda har yili bir necha ming kishi halok bo‘ladi.
Manba: www.aniq.uz