«Al Ittihod» Varanga yiliga 30 million yevrolik shartnoma taklif qilishga tayyor
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
«Al Ittihod» «Yunayted» futbolchisi Varanga yiliga 30 million yevrolik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubi yozda «Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Rafael Varanni sotib olishga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 90min xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi 30 yoshli futbolchiga yiliga 30 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
Oldinroq OAVda Saudiyaning boshqa bir klubi «Al-Nasr» Varanga yiliga 58 million yevro maosh taklif qilishga tayyorligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum markaziy himoyachi barcha turnirlarda 23ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.
Manba: www.aniq.uz