Turkiya qurollarining chet elda sotuvi 100 foizdan ko‘proqqa oshdi - SIPRI
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Oxirgi 5 yil ichida Turkiya xorijdagi qurol savdosini ikki barobardan ko‘proq (106 foizga) oshirdi va dunyoda 11-o‘rinni egalladi. Bu haqda Stokgolm tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotida aytiladi.
Turkiya qurollarining eng yirik xaridorlari: BAA – 15 foiz, Qatar – 13 foiz va Pokiston – 11 foiz.
Mutaxassislarning fikricha, 2020 yillarning boshi Turkiya harbiy-sanoat kompleksi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biriga aylangan va Bayraktar uchuvchisiz samolyoti jahon mojarolari fonida ancha targ‘ib qilingan davr bo‘ldi. Gap bu dronlarni Kiyevga yetkazib berish va Ukrainada o‘z zavodini qurish haqida bormoqda.
SIPRI 2019–2023 yillarda 170 ta davlatni asosiy qurol importchilari sifatida aniqladi. Hisobotda aytilishicha, beshta yirik qurol import qiluvchi davlatlar - Hindiston, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ukraina va Pokiston - bu davrda barcha qurol importining 35 foizini tashkil qilgan.
Manba: www.aniq.uz