AQShdagi 32 ta shaharga suv toshqini xavf solmoqda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQShning qirg‘oq bo‘yidagi 32 ta shahri, jumladan, Nyu-York, Boston, San-Fransisko, Nyu-Orlean va Mayamiga suv toshqinlari tahdid solmoqda. Bu haqda Nature xabar berdi.
Bu shaharlarda AQSh aholisining qariyb 30 foizi istiqomat qiladi. Olimlar dengiz sathining ko‘tarilishi sababli shunday xulosaga kelgan. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, chorak asrdan keyin bir qancha shaharlarda suv 0,3 metrga ko‘tariladi.
Tadqiqotchilar AQShning Atlantika, Tinch okeani va Fors ko‘rfazi sohillaridagi 32 ta shahri atrofidagi cho‘kishlarning radar ma’lumotlarini suv toshqini xavfi modellariga kiritgan. Agar profilaktika choralari ko‘rilmasa, AQSh qirg‘oqlari bo‘ylab 280 ming ob’ektda yashovchi har ellik kishidan biri zarar ko‘radi.
Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tabiiy gaz qazib olishni va yer ostidan suv olishni cheklash, shuningdek, qirg‘oq himoyasini mustahkamlash kerak bo‘ladi.
Manba: www.aniq.uz