Rossiya armiyasida Bosh shtab boshlig‘i o‘zgargan bo‘lishi mumkin
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Normativ-huquqiy hujjatlar portalida hukumat qarorining loyihasi e’lon qilindi, uni “Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi general-polkovnik V. Poznixir” muvofiqlashtirishi kerak.
Ilgari Valeriy Gerasimov Bosh shtab rahbari edi. Uning vaqtinchalik vazifani bajaruvchisi nega paydo bo‘lgani noma’lum.
Portalda hujjat loyihasi e’lon qilinganligi hisobga olinadigan bo‘lsa, so‘z Gerasimovning ta’tilga chiqishi haqida borayotgani dargumon: qaror kelishilgan paytda, ta’til allaqachon tugashi kerak edi.
Gerasimovning faoliyati haqidagi so‘nggi yangiliklar 26 fevral kuni paydo bo‘lgandi: Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, u bir qator mukofotlarni topshirgan.
Manba: www.aniq.uz