Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni ochiqlandi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukrainadagi urushda 2022 yil fevralidan beri 45 123 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Rossiya armiyasi safida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni esa 47 kishini tashkil qiladi. Bu haqda ochiq manbalarga tayanib, BBC xabar berdi.
Umumiy yo‘qotishlarga ko‘ra, rus armiyasi safidagilardan kamida 6614 nafari 2023 yilning oktyabridan 2024 yilning fevraligacha, ya’ni rus qo‘shinlari Avdeevka yaqinida va Donesk viloyatining qo‘shni hududlarida oldinga siljigan paytda halok bo‘lgan. Hozirda 265 nafar halok bo‘lgan xorijliklarning ismlari ma’lum.
«Ko‘pincha Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari Rossiya qurolli kuchlari tarkibida halok bo‘ladi: O‘zbekistondan – 47 kishi, Tojikistondan – 51 kishi va Qirg‘izistondan – 21 kishi».
Manba: www.aniq.uz