Xitoyda 6,3 ming yillik marosim boltasi topilgan
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Arxeologlar Sharqiy Xitoyning Szyansu provinsiyasida yoshi taxminan 6,3 ming yil bo‘lgan, bolta shaklidagi marosim tosh artefaktini topdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.
Xinhua agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, topilma Chanchjou shahridagi qabrlardan birining qazish joyida aniqlangan. Ushbu artefakt Xitoyda topilgan barcha tantanali tosh boltalarning eng kattasi va eng yaxshi saqlanib qolgani hisoblanadi.
Bunday qadimiy boltalar Xitoyda «yue» deb ataladi. Taxminlarga ko‘ra, ular dastlab qurol sifatida ishlatilgan, ammo bronza davrida ular turli marosimlarda qo‘llanila boshlangan.
Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining arxeologiya instituti tadqiqotchisi Li Mojanyaning so‘zlariga ko‘ra, topilma 6 ming yil avval bunday boltalar qurol emas, balki kuch va maqom ramzi bo‘lib xizmat qilganini ko‘rsatadi. Li Mojanning fikricha, tosh boltadan hokimiyat ramzi sifatida foydalanish ham aholining tabaqalanish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi.
Manba: www.aniq.uz