Saudiya Arabistoni elchixonasi amerikalik ravvindan uzr so‘radi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Saudiya Arabistonining AQShdagi elchixonasi Ar-Riyod yaqinidagi Diriya shahrida sodir bo‘lgan voqea uchun ravvin Avraam Kuperdan uzr so‘radi.
Gap shundaki, 5 mart kuni Amerika delegasiyasi raisi ravvin Kuperdan Ar-Riyoddagi YUNESKO madaniy meros ob’ekti ro‘yxatiga kiritilgan Diriyaga tashrif buyurganida kipasini yechib tashlash so‘ralgan. U buni qilishdan bosh tortgan, shundan so‘ng AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) Saudiya Arabistoniga tashrifini muddatidan oldin tugatgan.
“Ushbu yoqimsiz hodisa ichki protokollarni noto‘g‘ri tushunish natijasida yuzaga kelgan”, - deyiladi elchixona saytida e’lon qilingan bayonotda. Xabarda uning Qirollikda qaytadan qarshi olishni sabrsizlik bilan kutishlari ta’kidlangan.
Manba: www.aniq.uz