Didye Desham ham Mbappening Olimpiadada ishtirok etishiga qarshi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening Parijda bo‘lib o‘tadigan olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishini istamayapti.
Murabbiyning fikricha, 25 yoshli futbolchi Yevro-2024da ishtirok etgach, dam olishi kerak. Aks holda Mbappe terma jamoaning kuzda bo‘lib o‘tadigan rasmiy o‘yinlarida jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi holatda bo‘lmaydi.
Shuningdek, "Real" ham Kilianni Olimpiadaga qo‘yib yubormoqchi emasligi haqida avvalroq xabar berib o‘tgandik.
Fransiya olimpiya terma jamoasi ustozi Tyerri Anri esa 3 nafar yoshi katta futbolchilar sifatida Kilian Mbappe, Olivye Jiru va Antuan Grizmanni Parij-2024 musobaqasiga jalb qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024 14 iyun - 14 iyul, Olimpiya o‘yinlari esa 24 iyul - 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.aniq.uz