Rossiya o‘tgan haftada Ukrainaning 915 ta dronini urib tushirdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
O‘tgan hafta davomida (9 martdan 15 martgacha) Rossiya Qurolli kuchlari 6000 nafardan ortiq ukrain askarlarini safdan chiqardi, deyiladi Mudofaa vazirligi hisobotida.
Xususan, Kupyansk yo‘nalishida 305 kishi, Donesk yo‘nalishida 1930 kishi, Avdeevka yo‘nalishida 2710 kishi, Janubiy Donesk yo‘nalishida 980 kishi, Xerson yo‘nalishida 270 kishini yo‘q qildi (qurbon va yaralangan).
Undan tashqari, Ukrainaning bitta MiG-29 qiruvchi samolyoti, ikkita Mi-8 vertolyoti, 915 ta droni, beshta "Hammer" bombasi va 86 ta reaktiv snaryadlari urib tushirildi.
“Hafta davomida aviasiya va havo hujumidan mudofaa tizimlari yo‘q qilindi: Ukraina Harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyoti va ikkita Mi-8 vertolyoti, "Tochka-U" taktik raketasi, Fransiyada ishlab chiqarilgan beshta "Hammer" boshqariladigan bombasi, AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS, Chexiyada ishlab chiqarilgan "Vampire" va "Grad" reaktiv tizimlarining 86 ta raketasi hamda 915 ta uchuvchisiz apparatlar urib tushirildi”, — deyiladi xabarda.
Maxsus operasiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 577 ta harbiy samolyoti, 269 ta vertolyoti, 15 573 ta uchuvchisiz uchish apparati, 486 ta zenit-raketa tizimi, 15 496 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnika, 1 238 ta ko‘p raketali tizimlari, 8406 ta dala artilleriya tizimlari va minomyotlari, shuningdek, 19 764 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Manba: www.aniq.uz